BEKORCHILAR

XXI asr moqollari

Ïîçíàêîìüñÿ ñ íàðîäîì ::::: Íàïèøèòå ìíå

 

1.Og''ir toshning keragi yo''q.
2.Bir mayizni qiqrqa bo''lguncha uzum pishib qoladi.
3.IKKI KEMANI USHLAGANNING TANKASI KUCHLI BO''LADI.
4AMRIQODAGI SHOIRDAN SHALOM
Ustozaka, sanatni xam cho’qqisiga chiqvatmiz, asta-sekin. Xar xolda “etim” shogirt – samozvanets bo’lishimga qaramay, ikkalamizning bitta obshiy tarafimiz bor: sheriyatga yaqin odammiz. Mana manga xam ozodlik yoqdimi yoki bekorchilikdanmi, sher yozishga tortib qoldi, o’z-o’zidan. Ilhom kelsa, so’rab o’tirmas ekan. Endi bu yog’iga uzundan-uzoq, maza-matrasasi yo’q xatlarni o’rniga, musopirchilikda boshdan kechvatganlarni sher b-n ifodalashga o’taman. Ijozatiz b-n, birinchi, qaynog’ini uzingizga junatvatman, ustoz:

Bankka kirsam maylimi?!, Dollar tersam maylimi?!...

(xurmatni qarang uzbekchilikde, ustozni xurmat qilib, shu erda xam ruxsat so’ravatman). A tak bu bog’cha bollalarining sheri, shakily? Qizlarimdan eshiturib miyaga o’rnashib ketibdi. (xotira xam daxshat! Luboy Pentium 4ga dam). Xar qalay, nomi chiqqan ustozning shogirtiga yarashmabdi, bunaqa yaslining urevenidagi sherlar. Shuning uchun, qalbimdan kechvatganini jiddiyroq ifodalashga xarakat qilganim maqul. Xozir uzi xam, vatanga muxabbat mavzusi popularniy-ku, sheriyatda. Manam shu yo’nalishda ijod qilmoqchiman. A nima deysiz, ustoz!

Toshkentim onam, sani bir past kurmasam, kuzlarimdan nam…

Eeee, bu xam bor-ku, Yalla guruxining qushig’idan, etgancha. Qolavarsa, tor fikrlash, bizaga to’g’ri kelmaydi. Kengroq ko’lamda olish k-k deb o’rgatardiz, esimda ustoz. (xotira xam doda! Luboy komputerga fora beradi). Shu maslahatizga bo’ysingan xolda, faqat poytaxt b-n chegaralanib qolmay, butun Uzbekiston xaqida kuylamoqchiman:

Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib xis bor edi menda…

Eeee, bu 6 sinf Uzbekiston Soviet adabiyoti darsligidan shakily. Nima xam qilamiz, xotira kuchli bulsa. Ijodga xalaqit qivatdi, 100% xotira xam shunaqa maxal pand berib qo’yar ekan, ustoz. Mayli, mavzudan chetlashmaylik, o’zimni original, uxshashi yo’q sherimni yozmaguncha qo’ymayman. Bitta fikr—nafaqat vatanga muhabbat b-n kifoyalanmay, balkim yana xam kengroq olsamchi?! Umuman, musopirning yuragidagi dardlari xaqida:

G’urbatda g’arib shodmon bulmas ekan,
El anga shafiqu mexribon bulmas ekan,
Gar qizil gul ichra oltin qafas bitsa,
Bulbulg’a tikandek…..

Eeee, bu uzimizni mashxur adibimizning satrlari emas-mi, ustoz?! Bu donishmand uzbekning dastidan na bir sher yozib buladi. Xammasini oldindan etib-yozib ketishgan. Bizadaga - xashaki xalqaro jurnalistlarga non xam qoldirmay. Mana shunaqa, bilimdon millatning farzandi bula turib, shu madaniyatsiz Samning xonadonida bosh egib, taxsil olishga kelib yuribman. Qoyilmasman kaminaga!

Sheriyat mangamas ekan. Agar shoir bulaman desan, polniy rost pamayatni o’chirib, hard diskni boshqatdan yozish k-k, chamamda. Tinchgina uzimning oldi-qochdi reportajlarimni tayorlab yurganim maqul. Nima deysiz, ustoz? Xar xolda uzimga xos, xar doim qilib yurgan ishim. Ummon oritdan qaynoq, birinchi qul reportajlarni piri b-b qoldim-ku desam mubolag’a bulmas? Shuning uchun xam tahallusni reviziya qildim---“utkir QALAMpir”, yani utkir Qalam yoki Qalamning piri. A qalay? Mayli man-mansirashni chetga yig’ishtirib, reportajga o’taylik. Sizning xam axborot olish xuquqlaringiz poymol bulmasin.

Esingizda bulsa o’tgan yili, Ben Ladenning surati bor tualet qog’ozlari sotuvga chiqqan edi. Bozori chaqqon xali xam. Xotya, Ben xaqida uzhe xech kim unchalik gapirmay qo’ydi. Xammani joniga tegdi. Lekin qog’ozga talab kotta. Bu faktga xayron bulib, manam bir blok oldim, narxi “loshata mi kontare” (oti sovuq To’to Kotunio, Italian qushiqchi 1980 yillar. Italianchani yaxshi bilmaymanku, lekin “narxi otti kallasi” deb kuylavatdiyov) bulishiga qaramay. Nima bulsa xam xarid qildim, xar xolda Shuhrat akamning kallasi (filnikidan sal kottaroq) emas-ku narxi deb. Chakki bulmadi, narxiga arzir ekan. Mujizani uzi. Artganizdan keyin xaligi Ben boyvatchaning portreti, soqollari o’chib, Bushning suratiga aylanib turibdi. Qiziqib ketib beto’xtov jarayonni amalga oshirurib kunni kech qilib yuborganimni bilmay qolibman. Yo’q resultat bitta. Ben-Bush-Ben-Bush… Bir yillik zapas qog’oz bir kunga qolmay sarflanib ketdi deb, pulimga achinib turuvdim, TVda elon bulib qodi. Ishlatilganini 2 baravar narxiga olar ekan. Okazivietsya, ishlatilgani eng vostrebobanniy tovar ekan. Boshida manam sizga uxshab “recycle” (qayta ishlashga) deb o’ylagandim. Adashibman, bu upakovochni material ekan, shu turishi. Unga joyida “demokratiya” degan produktni o’rab iroqqa eksport qilib yotishibdi. Narxi-- bozor narxi bulsa xam mayli, voobshe begemotni kallasi. Lekin tan olib o’tish k-k, baribir Shuxratakamning bo’shkasidan kichikroq. Polniy Monopoliya bulib yotibti, narxini “ota og’il” Bush kichkintoy og’ziga siqqanini etib urib yotibdi.

Bitta uzining nomini aytishni xoxlamagan (xamma uzb. xaqidagi Internet maqolalardagi kabi) eksportning gapiga qaraganda,-“ichidagi ‘demokratya’ atalmish product, aslida 1 tiyinga qimmat” ekan.

Xulosa sifatida quyidagi aytishga jur’at etaman: xar bir uzini xurmat qilgan inson, o’ziga yaxshi baxo berishni xoxlaydi. Shu tufayli ota o’gilning narxlarni sunniy oshirib yuborishi normal xolat.

PS. Lekin shu biznes man bob ekan, 5 yil, opis menedjer sifatida tualet qog’oz taminotida ishlaganmiz xar xolda, ustoz. Xumorni bosib yuribmiz. Asosiysi, daromadlik, birga-bir tashab bervatdi. Qog’oz xam tekinga tushvatdi. Amriqoda 5 % daromad qilishning o’zi amri maxol, xamma (oddiy xalq) 1-2%ga ishlaydi. Faqatgina Bush b-n kamina 100% daromadli biznesda. Kelishib ishlasa, xamma narsa qilsa bular ekan. Uziz, o’rgatganizdek, ustoz!

Maxsus ustoz uchun, makalatura topshirish butkasi oldidan Uzbekgim Internationalning bekorchi vakili—nesostoyavshiysa shoir.

5.SANTANING SOVG''ASI
E kottaka, anchadan beri e-mailashmadik. Efirga chiqmi quydilar, nima gaplar, tinchlikmi? yo, kristmas kristmasdek bulsin deb osmonga qarab dam olib, gaz chiqarib yotibdilarmi, 2 qator xat yozishgayam erinib?

Biza tarafdayam ancha yomon bayram bulmadi lekin. Santa Klauz janoblari musofirni kuynglini olay debdilar shakili, kishi bilmas archani tagiga ancha-muncha mebel tashab ketibdilar. Uzbekning "soqollari oppoq, peshani yalpoq" qurimsoq, qopi doim bo''sh, o’siroq qor boboyladan emas ekan. Oq quloq "Ded moroz, krasniy nos" xam yoniga yaqin yo''lolmaydi. Ded moroz bir butilka aroqdan boshqa narsa kutarib kelmaydi, xonadonizga. Uniyam yarmi ichilgan. "S Novim Godom!" deb tostni boshlide-de, "S Novim GADOM!" deb yakunlash arafasida uyni ship-shiydon qilib egasini (ismi-jismiga monand bulib - morozit qilib) muzlatib turibdi...

Qisqasi, Santa nasroniy bolishiga qaramiy ancha saxiy chiqib qoldi.
Archayam jonivor kelib-kelib axlatxona oldida usadimi? Xar-qalay tirikchilik qili degan xar qandoq tijoratchi "mesto pod solntsem" degandek, archavoy xam o''git kuproq joy deb musurkani oldini tanlagandirov. Nima bulsa xam archajon xam chakki archalardan emas ekan dedim, yog''lik joyni bilib vaqtida zaynit qilib olibdi, bola. Balki bu uzining fikri emasdir, kim biladi deysiz yana, ota-bobolari bizlar qiynaldik rosa, endi bola-chaqam azob chekmasin deb urig''idan musurkaga tashab ketgan bulishi xam mumkin. Bu yog''i kaminaga qorong''u. Temniy les! Qisqasi, sodda qilib etganda bir "jugut" archa ekan... Olmaxonlarni-ku asti quyaverasiz, sizlardan battar dangasa, semirib-pishqirib ketgan, snikersni xam srokiga qarab iste’mol qilishadi, sal muddati o''tgan bulsa, arazlab axlatni 3-4 kunlab titmay qo''yishadi, ochlik protesti e''lon qilib. Xayvon xuquqlari ximoyachilarini baxtiga, "Green Peace" degan tashkilotlarni oshig’ini olchi qilib. Ishqilib mavzudan ancha chetlashdim, koroche ko''pirtirish bulmasin-ku Toskentni narxi b-n bir $550-600 sovg''ani Uzbekistonlik kambag''al tolib uchun deb ekib ketibdi, oq soqol qurimagur.

Rozdestvo kuni, axlat tashagani chiquvdim, xayron buvatgandirsiz kambag''alman-kambag''alman deb rukach qiladi, yana uzidan chiqindi ortirib axlatga tashashga u-bu narsa olib chiqarkan deb. To''g''ri, yarim yil deganda amallab kichkinagina plastik paketda ozgina musor tuplanibdi. U xam bulsa, oziq-ovqatlarning upakovkasi, uzingizning xabaringiz bor: arzimagan kichkina narsaga xam oz muncha upakovichniy material ishlatvaradi, bu non ko''r burzhuy kapitalistlar. Yaltur-yultirga urab-chirmab luboy kerakmas mataxni xarid qilishga majbur qilib quyadi. Lekin uzbekman uzimga bekman deb xar ba''loni eb quyaetganim yo''q, uzbekni qozoq qilib bupsan deb. Vatanimning iqtisodini kutarishim kerak, xalqni valutaga bulgan talabini qondirish maqsadida tirishib yotibmiz. $1 bulsa xam olib borib uz xissamni qushay deb. Kamina ketdiyam, qora bozorga xam chek quyvaribsilar. A bu bozorda tirikchilik qivatganlar nima eb nima ichsin endi, bechoralar. Mana bu erda archalarga qanaqa sharoitlar yaratilib quyilibdi, kurvatmiz, a bu butun boshlik insonlar-ku?! Xar birining, o''ldim deganda 5-6 bolasi bor. A bolajon xalqimdan uzim urgilay! Shu yo''q joydayam ko''kni so''mga, so''mni ko''kka urib amallab bir ba''lo qilib bulsa xam uzining risqini terib yuradi, qoyilman. 2x2=5 bulib turibdi, duo ketgande, doim barakali bulib chiqadi natijasi, g''arb matematiklari xam xayron, bu fenomenni tushunolmay. Javobi oddiy 1 urtakash dallolning interesi. Birovga o''girligim tushmasin deb uzining toshini uzi terib yuradi uzbegim, qaerda bulishidan qat’iy nazar. Uzbegim International xam xalol tirikchilik qilib AQSh xojatxonalarini chinnidek qilib, bamisoli kuzgu qivargan, unitazlarda odam uzini aksini kuradi. "Uzin uchun o''l etim" degan maqoldan xabari yo''q bu to''qliqqa shuxliq qilib yurgan Sam tog''ani avlodlarining. Olmaxonlari "Xudoning bergan kuni snikers, menuni uzgartirsalaring bulmaydimi, karam shurvani yixishtir"- deb qichqirib olibtagarchilik qilib turgandan keyin, xalqiga umuman gap bulishi mumkin emas. Shularni xisobga olgan xolda ish tutvatmiz ustoz, xalqim bir nimalik bulib qolsin deb. Soqqani bosib, xar 1 centni xam tuflab tugganga nima etsin, kottaka. Uyqu xam doda bular ekan, yostiqning tagiga bosib quysangiz. Lekin afsus, kegandan beri uylab qarasam tangasini kurmabman, xali bir cent xam yig''a olganimcha yo''q, chunki qo''lga xali tushmadi, umuman. A qogoz pulni maydalamaganingdan keyin qaeqdan "cent" deb atalmish arzimagan sariq chaqaga aylansin, dollardan akang aylansin! Qaysi tosh bag''ir yurak b-n yaxlit shaqur-shuqur qiladigan yangi Franklin kallalarni ishlatasan, kishi? Insoniyatga qarshi qip-qizil jinoyat-ku, axir. Shunday qilish uchun o''ta iplos, bir noshukur, ko''kning qadriga etmaydigan yaramas inson bulish kerak, faqatgina. Kungli bush, ajoyib bir odamman, uzingiz bilasiz, shuning uchun zarur bulishiga qaramay "kel, qo''y sarflamay qo''yaqolay, deyman" uzimga-uzim. Baribir 1 dollarmi, ming dollarmi xar qalay dollar. Dollar Afrikada xam dollar! shu birsis ming xam ming bulolmas ekan, bir kam buladi. Mexribon odam bulsangiz agar, yani avaylab-extiyotlab, ezozlab, xurmatini joyiga qo''ysang shu arzimagan bir dollar xam semirib-ishib uzidan ketar ekan, yaxshi gap yoqib. Qarabsizki, kutarilib uzligini anglab mana-man deb ming bulib turibdi ertasiga. Xoxlasangiz, shu joyida tappa bosasiz-da, oborib shest sekund bor ekanda, yo''q ekan qivarasiz. Bu oson masala, kotta aql talab qilmaydi yoki uziga quyib quyib, dalshe-bolshe semirtiraverasiz 10ming bulguncha, lekin uzoq muddat o''tadi bolalaguncha (sumga uxshab bemaza qovunnni urug''i kup bulgandek tez bolalamidi, inflatsyaga uchrab), sabr-toqat qilish qiyin, xammaning xam irodasi etmaydi. Agar bilmasdan faqat erkagini yig''sangiz, umuman bolamasligi mumkin. Shuning uchun voqti-bevoqt tekshirib turmasangiz bulmmaydi kechalari, yostiqni tagini - dollaring bir-birini ustida etibdimi deb, eki aloxida-aloxida bir-biridan arazlagan xolda bir-biriga teskari qarab etibdimi deb. Bu tangani bolalatisham oson ish emas, ustoz. Bu bir sa''natdir! Orasida goluboylariyam kupayib ketgan, joyida aniqlamasang, chuv tushdim devuring. Goluboy deganda tufta, yani qo''l bola xashakisini nazarda tutvatman, yashil bulish urniga goluboy bup qolgan, boeviklar kayipda rang ajratolmay pechat qivarishgan Chechenistonda. Shuning uchun xam bir dollari borni xammasi xam boyib keturmas ekan bu dunyoda. Uning uchun oz muncha kitobni uqish kerakmi? Kitob xam xamma joyda sotilurmidi, chunki xali chob etilmagan, avtori kaminayu kamtarin. Sizga ekskluziv qilib usozlik xurmati, oshni oldini oling degandek birinchi saxifalarini, hamir uchidan patir deganlaridek mingdan birini taqdim qilib turibman. Xammasini junati desam e-mail serveringiz kutarolmay tutab ketadi.
Bundoq olib qarasangiz tosh bag''ir degan suzni yuqorida noto''g''ri ishlattimov? Bu borada yorilmas tosh bulish ma''qul narsa lekin. Xar xil yalt-yult narsani kurgan maxal xam xarid qilish uchun erib ketmay tosh bulib mum qotib tururish, qandoq oliyjanoblik aslida. Xaqiqiy qaxramonlikdan uzga narsa emas. Lekin oliy darajada profissional tangaxur bulish uchun toshlikning uzi kifoya qilmas ekan, uning uchun Bo’ri-tosh bulish shart. Yani faqatgina tangani tejabgina qolmay, balkim boshqaning og''zidagi nonni olib qo''yish lozim ekan. Faqat bu bizaga tug''ri kemabdi, chunki qarg''ish olib umuman kasod bulib ketish xech gapmas. Shuning uchun tinchgina ozginayu-sozgina deb boriga shukur qilib ekonom qilishga xarakat qilib qisib yursak bulgani. qarabsanki, bir kuni qisgan inson Mersni bosib yuribdi... Yo''q-yo''q adashdim, yana qisib mersda yuribdi. Qandoq chiroyli manzara, vax-vax... Odamni kuzi quvnab ketadi tasavur qilsam.

Yana, sovg''a masalasiga qaytsam izojatiz b-n. Ichizam qizib ketgandir uzi nima sovg''a topibdi deb. Bitta yangi krovat, badan tempuraturasiga va qomatga qarab avtomatik moslashadi (Amerikaning mebelini sifatin bilasiz, unaqa qo''l tegdi, argalit eki DSPmas, xaqiqiy qizil daraxt, mahagoni deydimi) Sony televizor, ustiga ustag pulti b-n, xaqiqiy Santami deyman, na bir kamchiligi bor sovg''asini, batereykalarigacha yangi) stolni aytmaysizmi, izoxga xojat yo''q deydigan joyidan.

Odam boshida xursand buluvdi, endi TV kabelga kim oyiga $30 tuliydi. 29.250 sum buvatdi. A bu summa butun boshlik uzbek dehqon oilasining bir yillik budgeti-ku?! Nobodo, qishloqdagilarni qulog''iga chalinib qolsa, "xotin ketmonni olib chiq, onayni emgur kapitalistni..." deb urnidan turolmay, yurak xurujidan jon bervarishi xech gapmas. Shuning uchun Santani ushasam yaxshi bulardi, chala sovob qilma deb azgina ma''ruza qilib, "quyni arqoni b-n bergin" deb mozgisini parit qilardim.

6.NA 3 BUKVA POSLAT'' QILSANGIZ
Yo''q, noto''gri tushundilar, iltemos Boltavoyakamni xam AQShga 2004-International Visitor sifatida junatilar demoqchi edim.

Boltavoyaka, amallab bir kelib ketsangiz bularmidi? Nima ko''p - xar xil konverentsya-u, seminarlar... Uzi bundoq qarasa, sizdan boshqa pochti xamma xamkasabalar Amriqoni ziyorat qilib ketibdi. Iloji bulsa, bitta yarimta dasturga osiling. Anketada "tilni bilasizmi?" degan joyiga, "XA, bilaman" deb urvaravering. Aldash bulmaydi. Chunki, tushungan bolasiz, tez kunda urganib olasiz, kelgandan keyin. Xar qalay, lotin scriptini o''qiy olasiz-ku (kaminaga raxmat, lotin alfabetini beminnat tekinga o''rgatib yotibdi).

Tez kunda urganasiz deyishga asos, bukvalno, xar bir predmentga k-kmi kerakmasmi, ko''rga xassa qilib nomini yozib qo''ygan. Misol uchun, zaborga "long fence", avtobusga "bus", katta yo''lga "high way" deb.., yirik xarflar b-n, otti qahsqasidek qilib. Bulmasam, samo saboy razumeyetsya - zabor eki avtobus ekanligi. Nima keragi bor, shuni yozib, ko''r odam baribir yozuvlarni ko''rmaydi, eki avtobusni bilmagan ideot, o''qishni qatdan bilsin deb uzimga uzim savol berdim. Va uzimcha, balki ish joy yaratish uchun eki pulni qayoqqa ishlatishni bilamay qilinvatgan ish deb fikr qildim.

Yo''q, javobi voobshe kutulmagan joydan chiqdi - shunaqa qilishga "ish bilarmon, tekindan soqqa qiladiganlar" sababchi ekan. Asosan, qariyalar shu biznesni uziga kasb qilib olishibdi. Voqt bemalol, bola-chaqa yo''q, zerkib, bekorchi bulgandan kura sudma-sud yurish afzal ekan, ularga. Xam vaqti choq utadi, xam daromad qilar ekan. Bitta misol: 80dan oshgan shaqillab qolgan bitta kampir McDonaldsdan borib plastik stakanda qaxva xarid qilganda, qo''li qaltirab qaynoq kofedan kuyibdi, keyin sudga berib palon summani undirdi kompaniyadan. Shu-shu xar bitta odnarozoviy stakanga "qaynoq suyuqlik, extiyot buling!" deb yozishga majbur bulishdi.

Boshqa bir misolda: bitta kampir (yana tinib-tinchimagan kampir) mushugini chumiltirib, qurutish uchun mikrovolnovkaga tiqibdi. 2 minutdan keyin olib qarasaki, qulog''idan tutuni chiqib barbeque bulib qolibdi bechora mushukvatcha. Uvol bulmasin deb (yo''q notog''ri tushundiz, emagan, faktni nazarda tutvatman), mikrovolnovka ishlab chiqaruchi kompaniyani sudga bergan. Ancha-muncha olushuvlardan keyin momaygina summani undurvaldi kampirshox. "Insoflik" ekan qariya, mushugiga minnatdorchilik sifatida misli ko''rilmagan izzat ikrom kursatdi, odamga xam shunchalik qilishmaydi. Eng qimmatbaxo ichi sholkovoy tobutdan zakaz qilib, mushukka kastim-shimlarni kiydirib, popni chaqirtirib molitvasini o''qitdi, ketidan kotta ziyofat berib, butun boshlik orkestrni ovora qilib poxornniy marshlarni chaldirib, oborib eng mashg''ur odamlar dafn qilinadigan mozorga qo''ydirdi. O''ziga xam bunchalik eltifot kursatmasa k-k, bu "mexribon" xola. Eee, dollar nimalar qilmas ekan?! Shuncha rasxodda xam xaligi kampir navarda o''tiribdi. Endi it boqvatdi. Unga nima plan qilib qo''ygan bilmadim?! Xar xolda, ikki martalab bitta tryukni qilmasa k-k?! Xitlashib qoladi. Tem bolee, mikrovolnovkachilar sovug''ini edimi, ertasigayoq, xar bitta maxsulotiga belgi qo''ib chiqishdi - it, mushukni rasmiga "X" qo''yilgan, yani tirik jonzod tiqilmasin degan.

Bularni eshitgach, fikrimdan (ustoz bergan ideadan - bitta yarimta boyvatcharoq kampirga uylanib olish) qaytdim. Sababi, ko''pni ko''rgan kampirlarni puliga merosxo''r bulguncha, mushukvachchani kunini ko''rish extimoli ko''proq ekan. Erni xam, qaro er qivaradi bular, bir-ikki tanganing dardida. Yo''li oson ekan: er jonivorning jonini palon summaga straxovka qilib, keyin uzini laka lum qivararkan. Xitlashmasin deb, dab-dabali ko''mish marosimi uyushtirib qo''yadi elni, aniqrog''i straxovoy kompaniyani ko''ziga. Mayli temadan chetlashmaylik! Bu xaqda keyingi safar.
Xozircha, Boltavoyaka bozorkomga iltimos qilib 3-4 kunlik bulsa xam bitta programmaga osilib keling. Baxonada tilni o''rganib ketasiz!
7.AMRIQODA JURNALISTIKA
Amriqo - Jaxondagi eng demokratik jamiyat, omaviy axborot vositasi mustaqil, so’z erkinligi kafolatlangan mamlakat deb keriladi. Ko’rvatmiz qanchalik mustaqil ekanligini!
Ijod qilishga xam iloji yo’q, umuman. Ayniqsa fantaziyasi kuchlik insonlarga. Bechora Jason Blair degan uzimizga uxshagan “keng fikrlidigan” qora tanlik journalist New York Timesga adashib, omadi kelib ishga joylashvagandi. Yo’q “jugutlar” uni xam ko’p ko’rishdi, tagiga suv quyib yuborishdi-- “nufuzlik gazetimizning asrlar mobaynida qozongan ishonchiga putur etkazvatdi” deb. Olgan “Pulitzer Prize” (jurnalistika olamida dodaxo’ja sovrin)ni xam qo’lidan tortib olib, uzini ko’chaga uloqtirishdi. Yuribdi xozir “bill” (kv. tulovlarini…) tulolmay, yaqin kunlarda uzini bomzhlar qatoridan topishi xam extimoldan xoli emas, bu ketishda.

Qilgan ishi: bor yo’g’i, bilmasdan maqolasining qahramonlarini ixtiro qilib yuborgan, “fantaziya” kuchli bulsa, nima qilsin?! Rasxod bulmasin degandir-da — yo’l kiraga, tel.ga… Milliorder tashkilotning pulini tejayman deb, shu baloga yo’liqdi qo’ydi. Yaxshilikni bilmaydi bu “imperialistlar”.

Agar tasavvur qilsam—daxshatga tushaman, xozirgi kunda shu narsalar [mustaqil jurnalistika] bizning xayotga, kundan-kunga tobaro kirib kelayotibdi-ku. Bu degani bizdagi xamma “qalami utkir jurnalistlar”ni ishdan bo’shatvarish deganimi?! Unda kim ishlaydi OAVda?! Xar xil manga uxshagan qobiliyatsiz, bezdar, samozvanetslarmi?! Bunga chek qo’yish k-k, kech bulmasdan! Xar ba’loni g’arbdan import qilaversa xam bulmas ekan. Sababi, xar kim — it xam, bit xam uzicha journalist, bu erda. TVda kanallar ko’pligidan, pult xam dod deb yuboradi — knopkalari beto’xtov ezg’ilangandan. Axborot dasturlari xam achib yotibdi “bemaza qovunning urug’i ko’p” degandek. Xar xil bir-biriga qarama-qarshi fikrlar… Kim xaqiqatni gapirvatdi tushunib bulmaydi. Qisqasi, bir xulosaga kelish qiyin, odamni boshi qotadi.

Uzimizda zo’r! Bitta konkret fikr. Katta aql xam k-k emas, malumotni xazm qilsh uchun. Xamma yangiligu, dunyoda bulayotgan voqea-xodisalarni otning qashqasidek yaqqol, aniq qilib yoritib berishadi, baraka topgur jurnalistlarimiz. Prosta, ko’p emas - atigi bitta-yu bitta, yagona formulaga amal qilinsa bas: eshitganingni, 180 gradusga bursang bulgani, xaqiqat mana-man deb qo’lingda turibdi. Axborot egasi g’olib deb bekorga aytishmagan donishmandlarimiz. Shuning uchun “biznes rivojlanayotibdi, iqtisod zo’r…” deyilsa, vaqtida kerakli xulosa chiqarish xam mushkul ish emas, mulohaza yuritadigan kishi uchun. Xaqiqiy jurnalistika aynan shunday-sodda, oddiy xalq uchun bulishi k-k, bizdagi kabi.

Xar-xil fikrlarni tinglab kimga ergashishni xam bilmay, orosatda, xozir Amerika millati —kechagina Howard Deanga ergashganlar, bugun John Kerryning tarafdori bulib turibdi, ertaga nima gap Xudo buladi. Shuning uchun uzimizning yangilik dasturlarimizdan qo’ymasin! Odam sog’inib ketdi. Bir ko’zim tushgandek buluvdi, baraka topkur insonlar, web site yaratishga bir urinishdi xam, lekin oxirigacha oborishmadi, afsus. Xar xolda yaxshi ish bulardi kundalik yangiliklarni update qilib turishsa. Shunda xar-xil propaganda moshinalariga ish qolmas edimi-Ozodlik, Amriqo Ovozi va xakazolarga...

Jason Blairga qaytsak, “bechorashka” kam bulmayotibdi. Mana yilning eng shov-shuv voqealari ro’yxatidan uz o’rnini, xech kimga bermay, maxkam ushlab turibdi. Birinchi o’rinda Iroq urushi va Saddam Husainning qo’lga tushishi bulsa, Jaysonjon 2 urinda ketvatdilar, bir tekisda silliqqina. Xar-xil jurnalistikadan seminarlar uyushtiruvchi xalqaro tashkilotlarning omadi chopib qoldi - yangi mavzu topildi. Masalan, ICFJ (Xalqaro Jurnalistika Markazi) yaqinda Qirg’izistonda “Jayson Blairga uxshamang” degan seminarni uyushtirdi.

Jaysonjonni “xorlashlariga” qaramay, nomi butun olamga 1 kunda tarqaldi qo’ydi. Agar xamma jurnalistlar kabi “objective”, “balanced” news tayorlab yurganda, yuraverardi “kichkinagina” NY Times da kishi bilmas journalist sifatida.

Bizada bundanda “talantlikroq” fantaziyasi chegarasiz, “o’lsa o’ligi ortiq” jurnalistlarning son-sanog’i yo’q. Ularni olam tanimaydi, afsus. (o’zimizdan qiyos). A bu, arzimagan jurnalistcha (bizning o’lchovda) “shuxrat” qozonib yuribdi. Tushunaman, xammasi yana BIT (1-2 tangaga) taqaladi — xar qalay raskrutkaga xam pul k-k. Reklama uchun xizmat xaqi degandek…

Kalomdan maqsad, ustoz - manam, shu bekor yurmay, Jaysonjonga shogirt tushsam, ijozatlari b-n. Agar rashq qilmasalar, albatta. (“boja bojani ko’rsa orqasi qichiydi” deganlaridek). Yana takrorlab etishdan boshqa ilojim yo’q, shakily-- “Yaxhsi buzoq ikkita sigirni emadi” deganlaridek. Eeeee, maqollarimizdan uzim o’rgilib ketay. Xaqiqatdan xam donishmand xalqim bor! Man bulsam qatdagi madaniyatsiz, manaviy qashshoq bir Jaysonjonga shogirt bulsam deb yuribman-a?! Qip-qizil SHARMANDALIK-ku, axir! Kamina-yu kamtaringa qoyil emasman! Asosiysi xatoni vaqtida anglash, to’g’rimi ustoz! (darslaringiz doim yodimda). Ajab emas, ertaga bomzhlar orasida qolgan Jaysonjon kaminaga shogirt tushishlikka xoxish izhor qilib kelib qolsa. Xar xolda qaerda-qaerda, bizda ijodga keng yullar ochib berilgan-ku, ustoz, bu faktni tan olmasak bulmas endi. Misol uchun, xatto, mendek, chala savod xam, bosib-bosib, 1 tiyinga qimmat uzundan-uzoq (aniqrog’i gektar-gektar) xatlarini Internetni ovora qilib, bemalol posting qilib yotibdi-ku?!

“Gektarchi” dexqon-jurnalist (agar shunaqasi mavjud bulsa) maxsus ustoz uchun Washungut-u-undan (“so’zni avval to’g’ri yozishni o’rganval, qishlaqi” deydigan odam yo’q). Shuning uchun net-net tsenzura xam k-k. (jaa, “unga qarshi kurashamiz” deb, salla urniga kalla qivarmang, ustoz!) Bulmasam mandaka dalachilar, gazet-pazetlarni shaxsiy tom orqa qilib, traktorda xaydab, payxon qilib yuborishi xech gap emas!

8.AMRIQONING BOMZHLARI
Kecha, maxsus seminar tashkil qildi dastur koordinatorim. “Shelter” (uysizlarga bosh-pana), yani bomzhxonaga bordik. Amriqoda xam uzimizdagi kabi tekin xizmat - “subotnik” mavjud ekan. Nomi, “volunteer”lar (kungillilar) deb atalar ekan. Shu valantyerlar jamoatchilikka tekka ishlab berishar ekan. Lekin xar galgidek, uz xoxishimizga qarshi ishlashga majbur buldim, bulmasam grant pulimni tuxtatib quyishlari xech gapmas. Dasturning maqsadi: qanchalar Amerika insonparvar ekanligini kursatish, shakili?! Xuddi SSSR davridagidek, faqat uning beshavqat varianti ekan. Sovetda “bir kishi xamma u-n, xamma bir kishi u-n" shior bulgan bulsa, AQShda esa “uzing uchun o’l etim”. Shu b-n farq qilar ekan.

Qisqasi, nasroniylar (xristianlar) cherkovi qoshida ochilgan ekan, bu bichxona. Aytib o’tishni lozim deb bildim, bu nasarolarning xam turi ko’p ekan, firqalarga bo’linib ketishibdi. Aynan biza borgani Washingtonda joylashgan b-b, “Zakarius’ First Baptist Chuch” (Zakariusning 1-Baptistlar Cherkovi), uzining nomiga cherkov ochvapti boyvatcha. Shu muttaxam domlaning suxbatida bulish nasb qildi.

Obshiy axborot: popning gapiga kura, shu 600 ming axolilik kichkina poytaxtda 15mingda bomzh bormish, shulardan 7tasi qaxraton qishdan chiqolmabdi, ko’chadi muzlab qolishibdi. Uysizlarning orzusi ammallab Florida yoki Kaliforniyaga etib olish ekan. Klimat jixatdan qulay emish. Tem bole, Los Angelosdagi Milliy Bog’, ular u-n shtab kvartira, yani golovnoy opis ekan. Yana, uzi gapirib uzi xingirlab kuladi-“agar it yoki mushikni shu axvolga tashlab quyilsa, mutassaddilarni sudga berib, qamoq b-n jazolanadi” deb. Insonparvar popning axvoli!

Uysiz qolish oson ekan bu erda - ishdagi raqobatga chidolmay stressga tushib, ishini yo’qatarkan. Oqibatda uyning otti kallasidek, ijara xaqqini to’lalmay kutiga tepilarkan. Oila a’zolari xam bundoq yordam qulini chuzib, qabul qilay demas ekan: 18 eshdan keyin uzining toshini uzi terishi k-k ekan. Normalniy odam xam, bir kunda odamgarchilikdan chiqib, BICH, yani “bivshiy intelegentniy chelovekka” aylanib turibdi.

Pop bu faktlarni, ularga achinganidan emas, tirikchilik u-n keltirdi. Sababi, axolidan xayriya va qolaversa kongresdan ularga ovqat va yotoq taminlash maqsadida soqqani olib, bir chetidan kalla pochcha qiladi. Buni sir saqlasa xam, badani sotib qo’ydi - kolobok b-b ketgan tekin luqmani laqqa-laqqa yutaverib.

Koroche, shanbalikning amaliyot qismiga o’tdik. Tushlik vaqti. Bomzhlar tonnalab oqib kela boshaldi. Kelmasdan xamma yo’qni shovqin-suron tutdi. Sassig’ini aytmaysizmi?! Ularga ovqat tarqatishdan boshladik. Ovqati xam 5-sortlik undan qilingan makoronni suvda chala qaynatib, uncle Bensi ketchupini aralashtirib bervatdi, povar. Man srazu shustrit qilib, osonroq ish - non tarqatishga o’tvaldim. Non xam, qora non. Nega qora non desam, povar - “xolestirini kam”, deb otmaska urvardi. A tak, arzonroq bulganiga, kuproq navar qilish maqsadida buvatgan ishlar.

Xullas xamma erga sochib, uval qilib, bir-birini faxsh suzlar b-n xaqoratlab, biqin qilishdi xaligi otxod sifat taomni. Asosiy massa qora tanliklar, 3 foiz latinolar, gdeto 2% osiyoliklar va 15 prosentini oqlar tashkil etadi.

Keyin, povar nega qaqqayib turibsan, bor idish tovoqlarni tozala deb do’q qilib qolsa buladimi? Majburman. Yo’q deyolmadim, uzi xam xukizdek keladi. Bamisoli, 200 kilolik xunajun. Mlya, borib tarelakalarni yixishtirishni boshlagandim, qoralar prikol qivatdi. Oq tanlik deb gonyat qilishni boshlashdi, bular bulmasga. Noiloj, aytganlarining barchasini ado etdik. Bilib buladimi, ko’pi narkusha, tomi ketgan psixlar, tashab qolishi xech gapmas. Uzining xarakatlariga javob bermidi.

Alamim chiqdi, lekin xech narsa qilolmayman. Yaxshiyam-ki, uzbekchani xech kim bilmaydi. Ichimni bushatish u-n bitta negrga qarab, jilmayib - “Qora kallangni go’shiga eshak sss..sin” (kal boshi bujmayib ketgan, terisining tagiga yog’ yig’ib-Taysonning bo’yniga uxshidi) desam, manolik qarash qilib “stop” dedi. O’ldim, uzbek tilini bilarkan deb siyvardim. Ishton shilta. “Nima deding, qaytar” dedi, inglischalab.
Ovozim titroq aralash takrorladim.
Yo’q! Chexrasi ochilib ketdi. Xorijiy tillarga talanti bor ko’rinadi, bittada yodlab, aniq talaffuz qildi. Keyin bor ovozda barilla rep uslubida kuylashni boshladi. Qulog’iga yoqibdi. Uzbek tili melodichniy ekan deb tan berdi.

Qolganlar xam ovqatlanishni tuxtatib, urnidan turishdi va uni podderzhka qilib shu suzlarni kuylashga kirishishdi. Bir zumda tserkovniy xorga aylanib ketdi. Bamisoli, madhiyani kuylagandek xirgoyi qila boshlashdi. Cherkovda akustika zo’r emasmi, aks-sadolar b-n juda chiroylik chiqarkan.

“KALLANGNI GO’SHIGA ESHAK SSS..SIN” (bu yog’i samatsenzura, a tak uzilar xam bor ovozda, gimn kabi kuylab kurilar. Zakonniy chiqarkan).

Bir payt, rohib kelib organiy muzikasini chalishni boshlavardi, uzining “organi” b-n. Siminariyadagi toliblar xam astoydil berilib “surnay” chalvarishdi. Kamina xam manzarani kurib, uzini tiyib turolmadi, undan tashqari pop janoblari kafedrani (maruza qiladigan saxnani) bushatib bermaganmi, shu joyni egallagan xolda, uzimning “cho’pim” b-n orkestrga derezherlik qila ketdim. Kuzimdan yosh duv-duv oqdi, odam rosa boshqacha bularkan, xis-xayojonga berilsa. Manzara voobshe daxshat! Tasavur qiling, xar-xil millat, oq-qora, qizil tanlik xammasi garmoniyada, kelishib bitta ish b-n ovora. Naqadar chiroylik! Dazhe, cherkovdagi bud xaykallar xam nazarimda xaligi kuyga jo’r bulishdi.

“KAL-LANG-NI GO’-SHI-GA ES-HAK SSS..SIN” deb.

Kuz-yoshimga sabab, Toshketda bitta ishning boshini usholmay, bekorchilikdan boshi chiqmagan oddiy uzbek butun boshlik soborniy, eng qadimgi, nufuzlik cherkov axlini boshqarsaya deb uzimga-uzim ishonmaganligim. Bitta, xar kungi odatdagi tushlikni duniy marosimga aylantirib yuborimman.

Seremoniya nixoyasiga etgach, pop janoblari oldimga kelib,-"umrim bino b-b, bunaqasini kurmaganman. Zo’r buldi. Rosa buldi. Good, good, very good, my son” deb, otasining go’ridan kuchirib kelgan marmar kotta krestni xadya qivardi. Qanchalar qurumsoq, pastkash bulamsin, erib ketdi boboy. Bir og’iz “shirin” suzim u-n.

Dazhe, bomzhlar xam rosa minnatdorchilik izhor etishdi, sovg’a-salomlar ulashishdi, kaminaga. Xaligi uzidan qolgan, qusuq aralash makaronni xam darig’ tutishmadi, plastik qopga solib berib yuborishdi. Uyga kelib uvol bulmasin deb, bitta qaynatib xalollab, vez neboskryobdagi qushnilarga ulashdim. Xammalari xali-xali xursand, minnatdor. Yangi traditsyani boshlavardim, qushnilarni mexr-oqibatga chaqirib. Xammalari mamnun!

Qarang, bir og’iz “yaxshi” suzim jamiyatda qanchalar yaxshi uzgarishlar qivardi.

Kechki payt, CNN kursam, xaligi cherkovdan reportaj bervatdi, AQSning eng oldi jurnalisti. Okazivaetsya xaligi cherkov nomini uzgartiribdi. Endi nomi ““KALLANGNI GO’SHIGA ESHAK SSS..SIN” Konfessiyasi bulibdi. Otti qashqasidek qilib kirurishga, xaligi og’irligidan olib ketolmagan (xadya qilingan) krestga o’yib yozib qo’yishibdi.
Dinni qabul qilaman deganlar urush paytda nonga ochered turgandek oxiri kurinmaydi. Pop xursand, izdoshlarning soni oshdi deb emas, albatta, ularga klientdek qaravatdi. Din kotta biznes Amriqoda. Eng kotta industrya!

Reportaj oxirida, specially for CNN from Washington Larry King, “KALLANGNI GO’SHIGA ESHAK SSS..SIN” desa buladimi, amerikacha aksenti b-n.

Ee-eee, qoyilman!, devardim, bularni operativ ishlashiga.

Shu b-n xikoyam tugamadi, mana ertaga oq uyga taklif qilishdi, Bushning qo’lchalaridan “AQSh jamiyatiga ko’rsatgan xizmatlari u-n” degan diplomni olgani boraman. Okazivaetsya, bu bomzhlarni xar-xil moddiy narsalrni vada qilib xam cherkovga jalb qila olishmagan ekan asrlar mobaynida. Shu masalani “ko’ndalangiga” xal qilgan emishman, bir og’iz “shirin” suzim b-n.

Qissadan xissa, do’stlarim yaxshi suzingizni bir-biringizdan aymang!!! Ajdodlarimiz, xar qatdan donishmand o’tishgan – “yaxshi suz b-n ilon xam inidan chiqadi” deyishganlari xaq gap ekan. Mana, ne to chto ilon, dazhe rohib xam uz cherkovidan chiqib, xech kimga ishonmaydigan, jonidan afzal kuradigan kafedrasini kaminaga bushatib berdi-ku…

E-ee, o’sha pedofil rohibini xam KAL-LA-SI-NI GO’-SHI-GA ESH-AK SSS…

 

ХоÑтинг от uCoz